O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildi

Prezident imzolagan yangi qonunga ko‘ra, mamlakatda korrupsionerlarning elektron bazasi yuritiladi. Ro‘yxatga tushganlarga davlat xizmati va davlat xaridlari yopiladi.

Prezident tomonidan imzolangan ushbu hujjatga muvofiq, mamlakatda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritilishi belgilandi.

Mazkur elektron platforma Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Ichki airs vazirligi tomonidan hamkorlikda shakllantiriladi. Qonuniy mexanizmga ko‘ra, sudning ayblov hukmi kuchga kirganidan so‘ng, IIV 3 ish kuni ichida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritishi shart. Fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrda Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati tugagunga qadar saqlanadi.

Elektron ro‘yxatga kiritilgan shaxslar uchun davlat xizmatiga kirish, davlat mukofotlari bilan taqdirlanish hamda saylanadigan lavozimlarga nomzod sifatida ko‘rsatilish taqiqlanadi.

Shuningdek, ular davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlariga a’zo bo‘la olmaydi, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida rahbarlik qila olmaydi. Eng muhimi, ushbu shaxslar va ular ustav fondida 50 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan xususiy korxonalar davlat xaridlari hamda davlat-xususiy sheriklik bitimlarida ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish