Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: Bilimni baholash agentligi 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga 22–28-avgust kunlari my.uzbmb.uz orqali ariza topshirish imkonini berdi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilindi. Imkoniyat ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti hamda yo‘nalishlarni tanlamagan abituriyentlarga ham taalluqli bo‘lib, ular fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant o‘rinlarga da’vogarlik qilishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustgacha (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha tanlovda abituriyentlarga o‘zi imtihon topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan bir nechta vakant o‘rinlarni tanlash huquqi beriladi. Nomzodlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi. Davlat grantidan bo‘sh qolgan o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, qo‘shimcha tanlov orqali qabul qilingan abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt shartlari amal qiladi.

Qabul yakunlari va keyingi bosqichlar

Tanlov yakunlangach, Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. Qo‘shimcha tanlov natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar OOTlar tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartnomasini rasmiylashtirishlari va belgilangan to‘lov qismini amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.

Ushbu bosqichda ham talabalikka kirish imkoniyatidan foydalanmagan abituriyentlar uchun keyinchalik tabaqalashtirilgan (qo‘shimcha) to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga kirish imkoniyati saqlanib qoladi.