O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Bektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishi

Bektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishi

Poytaxtning Bektemir tumanida Bektemir City deb nomlangan zamonaviy majmua qurilishi rejalashtirilmoqda. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ushbu yirik shaharsozlik tashabbusini amalga oshirishga doir tegishli qarorni imzoladi.

Tumandagi bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan yer resurslarini obodonlashtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ushbu mega-loyiha Business City dasturi doirasida hayotga tatbiq etiladi.

Hukumatning poytaxtni kompleks rivojlantirish dasturiga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Umumiyligi 58 gektar maydonni egallaydigan majmuada ko‘p qavatli turar joy binolari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda dam olish va ko‘ngilochar maskanlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Hududiy joylashuvi va yerlarni savdoga chiqarish

Tasdiqlangan reja-chizmaga binoan, qurilish ishlari Bektemir tumanining ikki asosiy lokatsiyasida olib boriladi:

  • Katta halqa yo‘li bo‘yi: Katta halqa yo‘li (4R21 trassasi) yoqasida joylashgan “Zabardast” mahallasi hududi;

  • Bektemir shossesi bo‘yi: Bektemir shossesi yo‘nalishidagi “Bektemir” hamda “Abay” mahallalari hududi.

Yangi ishbilarmonlik markazini qurish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Olmazor Business City direktsiyasi biriktirildi. Ishlar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Dastlab hududiy chegaralar anqlanib, obyektlarning bosh rejasi (master-plan) va batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.

Master-plan tasdiqlangach, yer uchastkalari alohida lotlarga bo‘lingan holda E-auksion platformasi orqali elektron onlayn-savdolarga chiqariladi. Auksiondan tushgan mablag‘lar hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasini barpo etishga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish