Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra arizalar YHXMA (my.gov.uz) va DXM orqali qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi 20-avgustdagi 450-sonli qarori bilan professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash, shuningdek, umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqladi.

Yangi qoidaga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilariga professional ta’lim olish uchun texnikumlarga o‘qishini ko‘chirish imkoniyati yaratildi.

O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin bo‘ladi.

Hujjat bilan arizalarni ko‘rib chiqish va tegishli xulosalarni berish bo‘yicha yagona tartib o‘rnatildi. Ikki oy muddatda ushbu xizmatlar my.gov.uz portalida to‘liq ishga tushiriladi hamda idoralararo ma’lumotlar elektron shaklda so‘rab olinishi hisobiga qog‘ozbozlik va бюрократия qisqartiriladi.