Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Shavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdi

Shavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdi

Toshkent hokimi sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor yopilmasligini va o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdi. Shavkat Umurzoqov investorlar uchun uchta qat’iy shart belgilanishini va bozorlar milliy muhitni saqlagan holda modernizatsiya qilinishini aytdi.

Shavkat Umurzoqov xalq orasidagi “Bozorga va qabristonga tegma” degan naqlga to‘xtalar ekan, fuqarolarning daromad manbayi bo‘lgan odatiy joylar o‘zgarganda xavotirga tushishi o‘rinli ekanini ta’kidladi. Biroq amaldagi bozorlar na ko‘rinishi, na biznes-modeli bo‘yicha bugungi zamon talablariga javob bermayotgani sababli ularni modernizatsiya qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Investorlar uchun qat’iy shartlar va xalqaro tajriba

Investorlar zimmasiga uchta majburiy talab yuklatiladi: obyektlarni zamonaviy formatda qayta qurib, belgilangan miqdordagi savdo o‘rinlarini davlatga topshirish, faoliyat yuritayotgan tadiqkorlarning ish o‘rinlarini to‘liq saqlab qolish hamda yetarli sig‘imga ega avtoturargohlar barpo etish.

Investorlar faqat samarasiz foydalanilayotgan hududlardagina qo‘shimcha savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlarni qurish huquqiga ega bo‘ladi. Muvaffaqiyatli model sifatida mahalliy “Ekobazar” hamda Rotterdamdagi Markthal va Lissabondagi Time Out Market misol qilib keltirildi. Hokim O‘zbekiston bozorlari ham milliy muhitni saqlab qolgan holda xuddi shu prinsip asosida rivojlanishini ta’kidladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish