O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildi. Hujjatda transport vositalarini vaqtincha olib qo‘yish va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 6-avgust kuni o‘tkazilgan majlisda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining (YTH) oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjat Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni sezilarli darajada kuchaytirishni nazarda tutadi va Jinoyat кодексi, Jinoyat-protsessual кодексi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi кодекс hamda «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi.

Qonun loyihasi bilan takroran sodir etilgan ayrim qo‘pol qoidabuzarliklar uchun ma’muriy jarimalarni chegirma bilan to‘lash imkoniyati vaqtincha bekor qilinmoqda. Shuningdek, bir qator huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini og‘irlashtirish rejalashtirilgan.

Jumladan, quyidagi holatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi:

  • avtotransport vositasini boshqarishni voyaga yetmagan shaxsga topshirish;

  • noqonuniy poygalarni (poyga musobaqalarini) tashkil etish va ularda qatnashish;

  • yuk avtomobillarini tunda yo‘l yoqasida qoldirib, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solish;

  • transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini buzish;

  • belgilangan tezlikni soatiga 80 kilometrdan ortiq oshirish.

Hujjatda transport vositasini voyaga yetmagan shaxsga topshirish oqibatida jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazilsa, odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, jinoiy javobgarlik joriy etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, transport vositasini mast holda boshqarish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortish uchun sanksiyalar yanada kuchaytiriladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Murodbek Sherliyevning ma’lum qilishicha, transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan avtomobilni voyaga yetmaganga topshirganlik uchun 50 BHMgacha (20,6 million so‘m) jarima, avtomobilni 6 oydan 1 yilgacha muddatga olib qo‘yish yoki 15 sutka ma’muriy qamoq cezasi qo‘llanilishi mumkin. Noqonuniy poygalar uchun jarima 150 BHMgacha (61,8 million so‘m) yetkazilib, 2 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish yoki 15 sutka qamoq cezasi nazarda tutilmoqda. Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun esa 26,8 million so‘mgacha jarima va 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish belgilanmoqda.

Qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yoki ushbu huquqdan mahrum qilingan shaxslar yo‘l bezoriligi sodir etganida avtomobilni vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilish chorasi qo‘llaniladi. Biroq, qoidabuzar oilasining kun kechirishi uchun zarur bo‘lgan yagona transport vositasi musodara qilinmaydi.

Qabul qilingan qonun loyihasi ma’qullash uchun Senatga yuborildi. U prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish