O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi ilk bor konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi ilk bor konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjat PA vakolatlari, vazifalari va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligining huquqiy asoslarini belgilab beradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni «Prezident administratsiyasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Avgust oyining birinchi yarmida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan qabul qilingan ushbu hujjat imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kirdi, deb xabar beradi Gazeta.uz.

Ushbu qonun bilan mamlakat tarixida ilk bor Prezident administratsiyasi (PA) o‘z ish reglamenti, maqomi, vakolatlari, tuzilmasi hamda vazifalari tasdiqlangan holda konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Ilgari Administratsiyaning boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi qonuniy darajada belgilanmagani sababli huquqiy bo‘shliq yuzaga kelayotgan edi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, davlat rahbari faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlash prezidentlik boshqaruvining xalqaro institutsional standartlariga to‘la mos keladi. Hujjatni ishlab chiqishda AQSh, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan.

Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Hujjatga ko‘ra, Administratsiya Prezident tomonidan shakllantiriladi, u belgilab bergan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi hamda bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.

Administratsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash, farmon, qaror hamda topshiriqlar loyihalarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish;

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, aholi hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni tashkil etish;

Qonunlarni imzolash yoki qaytarish uchun tayyorlash, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tayyorlashni tashkil etish hamda Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Shuningdek, qonun Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalarini, rahbar xodimlarni lavozimga tayinlash va ozod etish tartibini hamda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Administratsiya o‘z faoliyatida parlament, hukumat, vazirliklar, hokimliklar va sud hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Hujjatda Administratsiya xodimlarini ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya qilish choralari ham nazarda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish