Sadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyatToshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ketma-ket uchta shaharda anomal issiq harorat rekordlari yangilandiJamiyatUzbekistan Airways Toshkent va Varshavani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlar bilan bog‘laydiJamiyatToshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadiJamiyat

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilindi

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilindi

Rossiya Davlat dumasi deputatlari mehnat migrantlari uchun JShDS stavkasini 30 foizgacha oshirishni taklif etdi. Tashabbus qabul qilinsa, u Rossiyada ishlayotgan ko‘plab O‘zbekiston fuqarolarining daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Rossiya Davlat dumasidagi LDPR fraksiyasi mehnat migrantlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS) stavkasini birdaniga 30 foizgacha oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda migrantlar uchun JShDS stavkasi daromad darajasi va soliq maqomiga qarab 13 foizdan 22 foizgacha tashkil etadi. Biroq deputatlarning ta’kidlashicha, xorijiy ishchilar davlat infratuzilmasi va tibbiyotidan foydalangani uchun ko‘proq soliq to‘lashlari lozim. Shuningdek, soliq to‘lamagan migrantlarni mamlakatdan zudlik bilan chiqarib yuborish ilegasi ilgari surilmoqda.

Bundan tashqari, LDPR migrantlar Rossiyaga kirishi uchun maxsus avans hisobvarag‘i tashkil etishni taklif qilmoqda. Ushbu hisobga fuqaro yoki uning ish beruvchisi mumkin bo‘lgan deportatsiya, vaqtinchalik saqlash markazlaridagi xarajatlar va jarimalar uchun oldindan pul o‘tkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Hozircha ushbu taklif shunchaki qonunchilik tashabbusi bo‘lib, u hali barcha bosqichlardan o‘tishi lozim. Shunga qaramay, agar tashabbus ma’qullansa, bu Rossiyada mehnat qilayotgan yuz minglab O‘zbekiston fuqarolarining daromadlariga va ularning O‘zbekistonga yuboradigan pul o‘tkazmalari hajmiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

    Izoh qoldirish