Toshkent va Toshkent viloyatida IIV xodimlari 26,3 ming dozaga teng giyohvand moddalar muomalasiga chek qo‘ydi. Chilonzorda er-xotin hashish va mefedronni yumshoq o‘yinchoq ichida saqlagani aniqlandi.
IIV xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga chek qo‘ydi. Huquq-tartibot organlari 26 300 marotabalik dozaga teng bo‘lgan taqiqlangan moddalarni musodara qildi.
Yumshoq o‘yinchoqdagi xotira va «zakladka»chilar
Sergeli tumanida giyohvand moddalarni «zakladka» usulida tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin va ularning sherigi ushlandi. Ularning yonidan 50 o‘ramdagi hashish moddasi topildi.
Guruhning Chilonzor tumanidagi ijaraga olingan xonadoni ko‘zdan kechirilganda quyidagilar aniqlandi:
-
Yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan 450 gramm hashish va 100 gramm mefedron;
-
1 000 dona zip-paketlar, elektron tarozi va izolyatsion tasmasi.
Qibray va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi reydlar
Tezkor tadbirlar poytaxt viloyati hamda boshqa tumanlarda davom ettirildi:
-
Qibray tumani: Muqaddam talonchilik va firibgarlik uchun sudlangan shaxs avtomobilida hashish olib yurgani aniqlandi.
-
Mirzo Ulug‘bek tumani: Xonadonda yashagan muqaddam sudlangan shaxslardan 2 kg opiy ekstrakti, 40 gramm hashish hamda qadoqlash uskunalari olindi.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q