Toshkent shahrida 2026–2027-yilgi isitish mavsumiga start berilmoqda. 9-noyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarga issiqlik bosqichma-bosqich berila boshlanadi.
Bosqichma-bosqich ulash va to‘lov tartibi
Toshkent shahri hokimining tegishli qaroriga muvofiq, poytaxtda 2026–2027-yilgi isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
9-noyabrdan e’tiboran bir vaqtning o‘zida:
-
Ijtimoiy soha obyektlarida: maktablar, bog‘chalar, shifoxonalarda;
-
Ko‘p kvartirali turar joy bino va uylarida isitish tizimlari ishga tushiriladi.
Isitish uchun to‘lov issiqlik ta’minoti amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.
Nosozliklar va avariya holatlarida murojaat
Xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, fuqarolar o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga (BKM/KTI) murojaat qilishlari kerak. Bino ichidagi tizimlarning soz holatda ishlashi uchun bevosita ushbu tashkilotlar mas’uldir.
Tashqi issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelsa, Veolia Energy Tashkent kompaniyasining aloqa kanallari orqali bog‘lanish mumkin:
-
Call-markaz: 1347 yoki (71) 200-00-56;
-
Telegram-bot:
@vet_pokazaniya_bot(murojaatlar 24/7 rejimida qabul qilinadi).






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q