Moskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyot

Moskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildi

Moskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildi

28-oktyabrdan 29-oktyabrga o‘tar kechasi Moskvaga 600 tadan ortiq dron uchirildi, poytaxt aeroportlari faoliyati cheklandi. Shuningdek, Boshqirdistondagi harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kimyo zavodiga hujum uyushtirildi.

Moskvaga yirik dronlar hujumi va aeroportlardagi cheklovlar

28-oktyabr oqshomidan 29-oktyabr tongigacha Moskva shahriga jami 613 ta dron uchirilgan. Shahar meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari “uzoq masofalardagi” dronlarning katta qismini zararsizlantirgan, shundan 231 tasi Moskva yaqinida yo‘q qilingan. Hujum oqibatlari va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Mazkur hujum sababli Moskvaning Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida ertalab соат 5:00 larda parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan. Oradan ikki soat o‘tgach, bu cheklovlar bekor qilingan, biroq Turkiyadan Moskvaga uchayotgan ikkita samolyot Vnukovodagi cheklovlar tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Boshqirdistondagi kimyo zavodiga hujum

Shuningdek, Ukraina monitoring kanallarining xabar berishicha, 29-oktyabrga o‘tar kechasi Boshqirdistonning Sterlitamak shahri ham hujumga uchragan. Shahardagi Bashkir soda kompaniyasi (BSK) hududida tutun ko‘tarilgan. Bu Rossiyaning eng yirik kimyoviy majmualaridan biri bo‘lib, avvalroq avgust oyida ham nishonga olingandi.

BSK Rossiya mudofaa sanoati korxonalari reyestriga kiritilgan bo‘lib, mamlakatda harbiy texnika, zirhli nimchalar va dubulg‘alar kabi yuqori chidamli materiallar uchun ishlatiladigan tereftaloilxloridning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Sterlitamak ma’muriyati rahbari Emil Shaymardanovning bildirishicha, HHM kuchlari sakkizta dronni urib tushirgan, ularning qoldiqlari korxonalardan birining hududiga tushgan.

Izohlar

    Izoh qoldirish