Toshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ketma-ket uchta shaharda anomal issiq harorat rekordlari yangilandiJamiyatUzbekistan Airways Toshkent va Varshavani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlar bilan bog‘laydiJamiyatToshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadiJamiyatKuala-Lumpur — Toshkent reysida mast holda janjal ko‘targan rossiyalik 7 sutkaga qamaldiJamiyat«Jamiyatdagi faol fuqaro» maqomini olganlarga avtokredit, kontrakt va davlat xizmatlari bo‘yicha imtiyozlar beriladiJamiyatO‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadiJamiyatToshkent viloyatida erkak xotinini urib o‘ldirdi, 3 yoshli qizini xorlab, hayotidan zamin uzdiJamiyatBir davr nihoyasiga yetdi: Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunladi!Sport

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladi

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladi

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika xaridi uchun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari beriladi. Prezident banklarga arzon moliyaviy resurslar ajratish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari mahalliy maishiy texnika savdosini rag‘batlantirish hamda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan yangi moliyaviy mexanizm joriy etilishini e’lon qildi.

Yillik 18 foizli kredit va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash

Yangi tartibga ko‘ra, тижорат banklari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnika vositalari uchun yillik 18 foizliimtiyozli iste’mol kreditlarini ajratishni boshlaydi. Imtiyozli shartlar quyidagi mahsulotlarga taalluqli bo‘ladi:

  • muzlatgichlar;

  • kir yuvish mashinalari;

  • konditsionerlar va boshqa maishiy elektr jihozlari.

«Bu bir tomondan oilalarning zamonaviy maishiy texnika xarid qilish imkoniyatini kengaytirsa, ikkinchi tomondan mahalliy korxonalar mahsulotlari sotuvini oshirishga xizmat qiladi», — dedi prezident.

Mutasaddi rahbarlarga ikki hafta muddatda tijorat banklariga arzon moliyaviy resurslar ajratish bo‘yicha hisob-kitoblar va aniq takliflarni kiritish topshirildi.

Izohlar

    Izoh qoldirish