Qo‘qon shahridagi mehmonxonada 13 yoshli 7-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etildi.Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, gumondor qamoqqa olindi va uni 10 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi mehmonxonalardan birida 13 yoshli 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi. Ushbu fojiali holat bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Jinoyat ishi va ehtiyot chorasi
Hodisa 28-sentabr kuni yuz bergan. Ertasiga Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
30-sentabr kuni gumonlanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Jabrlanuvchiga yordam
Voyaga yetmagan maktab o‘quvchisining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda uning ruhiy holatini tiklash uchun huquqshunos va psixologlar biriktirildi. Vaziyat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q