Uzbekistan Airways 2027-yil 5-apreldan Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam рейslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, chiptalar narxi 4,7 mln so‘mdan boshlanadi.
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Uzbekistan Airways Yevropa yo‘nalishidagi qatnovlar tarmog‘ini kengaytirmoqda.2027-yil 5-apreldan boshlab kompaniya Toshkent — Varshava — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar jadvali va grafigi
O‘zbekiston va Polsha poytaxtlari o‘rtasidagi qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi:
-
HY221 reysi (Toshkent — Varshava): Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan uchish — soat 04:25 da, Varshava aeroportiga yetib borish — mahalliy vaqt bilan soat 08:05 da.
-
HY222 reysi (Varshava — Toshkent): Varshavadan ortga qaytish reysi soat 09:35 ga belgilangan, Toshkentga yetib kelish esa soat 18:15 ni tashkil etadi.
Chiptalar sotuvi va narxlar
Aviakompaniya yangi yo‘nalish bo‘yicha chiptalar sotuvini rasman ochiq deb e’lon qildi. Bir tomonga chiptalarning minimal narxi 4 715 000 so‘mdan boshlanadi. Xaridni aviakompaniyaning rasmiy sayti, mobil ilovasi, shuningdek Uzbekistan Airways Sales shahobchalari va vakolatli agentliklar orqali amalga oshirish mumkin.
Polsha bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviakatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi Markaziy Yevropaga ish, o‘qish yoki turizm maqsadida borayotgan o‘zbekistonliklar uchun logistikani sezilarli darajada yengillashtiradi hamda tranzit yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q