O‘zbekistonning uchta shahrida anomal issiq harorat rekordlari yangilandi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 6-noyabr kuni Toshkentda +26,9 daraja, 8-noyabrda Buxoroda +30,6 va Navoyida +30 darajagacha issiq qayd etildi.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining ilk kunlarida O‘zbekistonning uchta shahrida anomal issiq havo kuzatilib, ko‘p yillik maksimal harorat ko‘rsatkichlari yangilandi.
Rekordlar qayerda va qanday qayd etildi
-
Toshkent: 6-noyabr kuni poytaxtda havo harorati +26,9 darajagacha ko‘tarildi. Bu 1981-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 0,5 darajaga yuqoridir.
-
Buxoro: 8-noyabr kuni maksimal harorat +30,6 darajani tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 1992-yildagi rekorddan (+29,5 daraja) 1,1 darajaga yuqori bo‘ldi.
-
Navoiy: 8-noyabr kuni havoning maksimal harorati +30 darajaga yetib, 1992-yildagi rekord ko‘rsatkichni 1,3 darajaga yangiladi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q