O‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadiJamiyatToshkent viloyatida erkak xotinini urib o‘ldirdi, 3 yoshli qizini xorlab, hayotidan zamin uzdiJamiyatBir davr nihoyasiga yetdi: Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunladi!SportSanatoriyga 10 kunlik bepul yo‘llanma: kimlarga beriladi va qanday olish mumkin?JamiyatO‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uchuvchisiz aviatsiyani rivojlantirish rejalashtirilmoqdaSiyosatToshkentda olti kunda 2,1 mingdan ortiq chiptasiz yo‘lovchi jarimaga tortildiJamiyatSherzod Shermatov 27 mln kishining ma’lumoti sizishi haqidagi shov-shuvlarga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda gashish yog‘i qo‘shilgan pechenye va marmelad tayyorlangan maxfiy narkolaboratoriya yo‘q qilindiJamiyatOliy Majlis bokiralikni tiklaganlik uchun javobgarlik haqidagi mish-mishlarni rad etdiJamiyatO‘zbekistonda 10 ming qadam yurganlarni taqdirlash rejalashtirilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadi

O‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadi

Yandex Uzbekistan 10-noyabrdan Market Yandex Go marketpleysini yopmoqda. Kompaniya e’tiborini Yandex Lavka va «Do‘konlar» orqali tezkor yetkazib berish xizmatlariga qaratadi.

Tezkor yetkazib berish yonaltishiga ustuvorlik

Yandex Uzbekistan kompaniyasi mamlakatda Market Yandex Go xizmati yopilishini e’lon qildi. Uzoq muddatda yetkazib beriladigan tovarlar uchun mo‘ljallangan Market vitrinasi 2026-yil 10-noyabrga qadar ishlaydi. Shundan so‘ng kompaniya bor e’tiborini ekspress-yetkazib berish yo‘nalishlari — Yandex Lavka va «Do‘konlar» xizmatlarini rivojlantirishga qaratadi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar oziq-ovqat, elektronika, kosmetika va ro‘zg‘or buyumlarini 15 daqiqadan boshlanadigan tezkor yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilishda davom etishlari mumkin. 10-noyabrga qadar rasmiylashtirilgan barcha buyurtmalar to‘liq yetkaziladi va qo‘llab-quvvatlash xizmati o‘z ishini davom ettiradi.

Marketpleys yakunlari va ekspress-xizmatlar ko‘rsatkichi

Market Yandex Go O‘zbekiston bozoriga 2025-yilning aprel oyida kirib kelgan edi (Zangiota tumanida 9 ming kv. m maydonga ega omborxona barpo etilgan). Dastlab Toshkent shahri va viloyatida yo‘lga qo‘yilgan xizmat yozga kelib 9 ta hududni qamrab olgan edi.

Yandex o‘z hamkorlariga ekspress-xizmatlarga o‘tishni taklif qilmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra:

  • Ekspress-xizmatlardagi buyurtmalar soni 2025-yilga nisbatan 3 baravarga oshdi;

  • 2024-yil kuzidan beri ishlayotgan Yandex Lavka tarmog‘i 10 ta darkstorga yetdi va o‘z brendi ostidagi mahsulotlar soni 100 dan oshdi;

  • «Do‘konlar» xizmati hamkorlari soni deyarli ikki baravarga ko‘payib, 500 taga yetdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish