Kuala-Lumpur — Toshkent reysida mast holda janjal ko‘targan rossiyalik 7 sutkaga qamaldiJamiyat«Jamiyatdagi faol fuqaro» maqomini olganlarga avtokredit, kontrakt va davlat xizmatlari bo‘yicha imtiyozlar beriladiJamiyatO‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadiJamiyatToshkent viloyatida erkak xotinini urib o‘ldirdi, 3 yoshli qizini xorlab, hayotidan zamin uzdiJamiyatBir davr nihoyasiga yetdi: Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunladi!SportSanatoriyga 10 kunlik bepul yo‘llanma: kimlarga beriladi va qanday olish mumkin?JamiyatO‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uchuvchisiz aviatsiyani rivojlantirish rejalashtirilmoqdaSiyosatToshkentda olti kunda 2,1 mingdan ortiq chiptasiz yo‘lovchi jarimaga tortildiJamiyatSherzod Shermatov 27 mln kishining ma’lumoti sizishi haqidagi shov-shuvlarga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda gashish yog‘i qo‘shilgan pechenye va marmelad tayyorlangan maxfiy narkolaboratoriya yo‘q qilindiJamiyat

Kuala-Lumpur — Toshkent reysida mast holda janjal ko‘targan rossiyalik 7 sutkaga qamaldi

Kuala-Lumpur — Toshkent reysida mast holda janjal ko‘targan rossiyalik 7 sutkaga qamaldi

Kuala-Lumpur — Toshkent reysi bilan uchib kelgan Rossiya fuqarosi samolyot bortida mast holda tartibbuzarlik sodir etib, IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmadi. Sud unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Bu haqda Pressa.uz muxbiriga Ichki ishlar vazirligi Aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samolyot bortidagi tartibbuzarlik va qonuniy talablarga bo‘ysunmaslik

Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 15:50 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining «Peron» xizmati Toshkent shahri aeroportlarida XTB navbatchilik qismiga xabar berib, X-45-havo kemasi turargohiga xodimlarni chaqirgan.

Aniqlanishicha, «Kuala-Lumpur — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha NY-552 reysi bilan uchib kelgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi V. M. samolyot bortida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda baqir-chaqir qilgan va yo‘lovchilarning tinchligini buzgan. U samolyotdan tushish vaqtida ham jamoat tartibini buzishni davom ettirib, IIO xodimining qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortgan.

Sud qarori

Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirildi.

2026-yil 6-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan RF fuqarosi V. M. ga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

    Izoh qoldirish