В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonning barcha oliygohlarida karyera markazlari faoliyati majburiy etib belgilanmoqda

O‘zbekistonning barcha oliygohlarida karyera markazlari faoliyati majburiy etib belgilanmoqda

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi barcha oliygohlarida karyera markazlarini tashkil etishni taklif qilmoqda. Markaz rahbarlarining maoshi dekanlarga tenglashtiriladi, xodimlar uchun esa 144 soatlik o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, talabalarni amaliyot va amaliyot o‘tash joylariga yo‘naltirish hamda ularni ish bilan ta’minlashda tizimli yondashuvni joriy etishdan iborat.

Yangi tartibga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan barcha OTMlarda karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kerak. 2028-yildan esa yangi xususiy OTMlar uchun bunday markazni ochish faoliyatning ikkinchi yilidan kechiktirmay majburiy bo‘ladi, davlat OTMlarida esa ular ochilish vaqtidayoq tashkil etilishi shart. Karyera markazlari rahbarlarining mehnatiga haq to‘lash dekanlar maoshiga tenglashtiriladi. Har 3000 nafar talaba uchun dekan o‘rinbosari oylik maoshiga ega bo‘lgan 2 ta yetakchi mutassis shtat birligi ajratiladi.

Markaz xodimlari uchun 144 soatlik maxsus o‘quv kursi yo‘lga qo‘yiladi, unda mehnat bozori tahlili, Sun’iy intellektdan foydalanish va LinkedIn hamda hh.uz kabi platformalar bilan ishlash ko‘nikmalari o‘rgatiladi. 2027-yil sentyabriga qadar barcha lavozimlar ushbu kurs bitiruvchilari bilan to‘ldirilishi lozim. Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi o‘z elektron tizimlarini career.edu.uz platformasi bilan integratsiya qiladi.

Karyera markazlarini tashkil etgan xususiy OTMlar uchun esa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari ishlab chiqiladi. Hujjat muhokamasi 2026-yilning 27-avgustigacha davom etadi.