В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

AQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

AQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

AQSh Davlat departamenti 2026-yil 1-iyuldan boshlab B1/B2 vizalari uchun tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Navbatsiz suhbat uchun qo‘shimcha 750 dollar to‘lanadi.

AQSh Davlat departamenti Amerika vizasini olish istagida bo‘lgan xorij fuqarolari uchun yangi “premium” xizmat turini sinov tariqasida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mazkur tizim elchixonalardagi uzoq navbatlar muammosini qisman hal etish va vizaga hujjat topshirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish maqsadida joriy etilishi kutilmoqda. Yangi tartib, birinchi navbatda, eng ko‘p so‘raladigan sayyohlik va ishbilarmonlik (B1/B2) vizasi toifalariga taalluqli bo‘ladi.

Loyiha rejasiga muvofiq, ushbu tezkor xizmat 2026-yilning 1-iyulidan boshlab start olishi belgilangan. Dastur doirasida shoshilinch ravishda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan shaxslar bor-yo‘g‘i 10 ish kuni ichida AQSh konsuli bilan suhbat kunini belgilash ва unda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa odatiy tartibda oylab navbat kutish tizimidan mutloqo farq qiladi.

B1/B2 toifasidagi “premium” viza xizmatidan foydalanish arizachilarga ancha qimmatga tushadi. Jumladan, ayini paytda amalda bo‘lgan standart 185 dollarlik viza bojidan tashqari, tezkor suhbat muddatini sotib olish uchun yana 750 dollar miqdorida qo‘shimcha ustama haq to‘lanishi kerak bo‘ladi. Ushbu yangi tizim dastlabki bosqichda sinov tariqasida cheklangan miqdordagi elchixonalarda amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.