O‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyat

O‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

O‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Sinoptiklar 23–25-oktyabr kunlari O‘zbekiston va Toshkent shahri bo‘yicha ob-havo prognozini e’lon qildi: yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat iliq saqlanib qoladi.

O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 23–25-oktyabr kunlari O‘zbekiston hududida quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi.

Respublika bo‘yicha kechasi havo harorati +3…+8 daraja, kunduzi +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy hududlarda tunda -2…+3 daraja, kunduzi esa +12…+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahridagi ob-havo

Poytaxtda bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati tunda +5…+7 daraja bo‘ladi. Kunduzi 23-oktyabr kuni havo +19…+21 darajagacha isishi kutilmoqda, 24–25-oktyabr kunlari esa harorat +17…+19 daraja atrofida bo‘ladi.