Qirg‘iziston va Qozog‘iston diniy idoralari 2027-yilgi diniy bayramlar taqvimini e’lon qildi. Ramazon oyi 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda.
Ramazon oyi va hayit kunlari
Qozog‘iston va Qirg‘iziston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi va diniy bayramlar bo‘yicha dastlabki taqvim ma’lumotlarini ochiqladi. Unga ko‘ra, kelgusi yili Ramazon oyi 8-fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tasdiqlagan jadvalga ko‘ra, Qadr kechasi 5-martdan 6-martga o‘tar kechasiga, Ramazon hayiti esa 9-mart kuniga to‘g‘ri keladi. Qurbon hayiti bayrami 16–18-may kunlari nishonlanishi rejalashtirilgan.
Aniq sanalar Oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi
Diniy boshqarmalar hijriy oylarning boshlanishi xalqaro astronomik tadqiqotlar markazlari hisob-kitoblariga asoslanishini bildirdi. Shu bilan birga, yangi Oy fazasining ko‘rinishiga qarab diniy bayramlar va ro‘za tutishning aniq sanasi bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.





