O‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyo

O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadi

O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadi

Syurixda Red Bull Dance Your Style 2026 jahon finali bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik onlayn tomoshabinlar birinchi marta jonli efirda ovoz berib, g‘olibni aniqlashda qatnashishlari mumkin.

Jonli efirdagi ovoz berish va musobaqa formati

24-oktyabr kuni Shveysariyaning Syurix shahridagi Hallenstadion arenasida Red Bull Dance Your Style 2026 ko‘cha raqslari bo‘yicha jahon finali bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixida birinchi marta butun dunyodagi onlayn tomoshabinlar jonli efir vaqtida raqqoslarga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Translyatsiya Toshkent vaqti bilan 25-oktyabr kuni soat 00:15 da boshlanadi.

Musobaqaning o‘ziga xosligi kutilmagan musiqalar ostidagi improvizatsiya hamda hakamlar hay’atining yo‘qligidadir. G‘oliblarni an’anaviy ravishda zaldagi tomoshabinlar tanlaydi, biroq bu yil chorak finaldan (top-8) boshlab YouTube-translyatsiyasi tomoshabinlari ham ovoz berishga qo‘shiladi. Onlayn tomoshabinlarning ovozlari umumiy natijaning 20 foizini, zaldagilarning ovozi esa 80 foizini tashkil qiladi.

Finalda 57 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 16 nafar eng kuchli raqqos chempionlik uchun bellashadi: 8 nafar ishtirokchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklifnoma olgan, yana 8 nafari esa 60 nafar da’vogar orasidan saralash bosqichida g‘olib chiqqan.

O‘zbekistonning tarixiy natijasi

O‘zbekiston ushbu xalqaro chempionatga ikkinchi marta qo‘shildi. 16-avgust kuni Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi DSIBT maydonida o‘tkazilgan milliy finalda Olga Oganesova (Ognessa Milagres) g‘olib bo‘lib, Shveysariyadagi bosqichda mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Shveysariyadagi xalqaro bosqichda Olga mamlakatimiz tarixida ilk bor Red Bull Dance Your Style yo‘nalishida dunyoning top-32 eng kuchli raqqoslari safidan joy olib, O‘zbekiston raqs hamjamiyati uchun rekord natijani qayd etdi.

Jonli translyatsiyani tomosha qilish va ovoz berish jarayonida qatnashish uchun 25-oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:15 da Red Bull Dance rasmiy YouTube-kanaliga kirish lozim.