Migratsiya agentligi 2026-yilning 9 oyidagi natijalarni e’lon qildi: xorijdagi hamyurtlarimizga 850 ming dollar maosh undirib berildi va 532 ta pasport qaytarildi.
Xorijda mehnat huquqlarini ҳimoya qilish
2026-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan 817 nafar fuqaroning ish haqi hamda kompensatsiyalarni undirish bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Xorijiy ish beruvchilardan hamyurtlarimiz foydasiga jami 850 ming AQSh dollari undirib berildi.
Pul mablag‘larini undirish bo‘yicha asosiy yordam Rossiya, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarda mehnat qilgan fuqarolarga ko‘rsatildi.
Hujjatlarni qaytarish va aloqa kanallari
Shuningdek, agentlik aralashuvi bilan Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Koreyadagi ish beruvchilar hamda vositachilar tomonidan noqonuniy ushlab turilgan 532 nafar fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari o‘zlariga qaytarildi.
Xorijda muammolarga duch kelgan fuqarolar Migratsiya agentligiga tunu kun murojaat qilishlari mumkin:
-
Qisqa raqam: 1282
-
Telegram-bot:
@huquqiy_yordam_uzbot




