Toshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyat

Toshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandi

Toshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida profilaktika inspektorining ayoli voyaga yetmagan qizni kaltaklagani uchun sudlandi. Sudda jabrlanuvchi qiz IIB xodimi uni muntazam ravishda jinsiy aloqaga majburlaganini bildirdi. Sud qarori tahririyat ixtiyorida mavjud.

Sud tafsilotlari

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida profilaktika inspektorining voyaga yetmagan qizni kaltaklagan 33 yoshli turmush o‘rtog‘iga nisbatan sud bo‘lib o‘tdi. Sud qarori nusxasi tahririyat ixtiyorida mavjud.

Ish materiallariga ko‘ra, 2026-yil 10-may kuni ayol «Paxtazor» mahallasidagi xizmat uyiga kelganida, turmush o‘rtog‘ini kiyimsoz holatda, bolalar xonasida esa yechintirilgan qizni ko‘rib qolgan. Ayol qizga bir necha bor zarba bergan. Profilaktika inspektori ularni ajratganidan so‘ng qiz ko‘chaga qochib chiqqan, biroq ayol uni quvib yetib, ko‘chada ham kaltaklashda va yuz-oyoqlariga tepishda davom etgan.

Sudda sudlanuvchi ayol aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan afsusdaligini hamda qizning voyaga yetmaganidan xabari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Jabrlanuvchi qizning IIB xodimiga nisbatan ko‘rsatmasi

Sud majlisida jabrlanuvchi qiz IIB profilaktika inspektori uni qo‘rqitib, muntazam ravishda jinsiy aloqaga majburlab kelganini ma’lum qildi.

Qizning ta’kidlashicha, ular 2025-yilning mart oyida, maktabdagi kelishmovchilik sababli «Tinchlik» mahallasidagi 1-sonli IIBga borganida tanishgan. Shundan so‘ng xodim uni qo‘rqitib, jinsiy aloqa qilishga majburlagan. 2026-yil 10-may kuni u qizni xizmat uyiga olib kelib, yana zo‘ravonlik ishlatgan, shu payt xonadonga uning xotini kirib kelgan.

Sud hukmi

Sud ayolni qasddan yengil tan jarohati yetkazishda aybli deb topdi va unga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 1,5 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosini hamda BHMning 20 baravari (8,8 mln som) miqdorida jarima tayinladi.

Hozircha IIB xodimining o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani yoki chora ko‘rilgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.