O‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyo

O‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladi

O‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladi

Madaniyat vazirligi konsert va gastrol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha «Xavfni tahlil etish» tizimini tasdiqladi. San’atkorlarga qaysi qoidabuzarliklar uchun ballar berilishi ma’lum bo‘ldi.

Avtomatlashtirilgan baholash tizimining joriy etilishi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha va gastrol faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi (buyruq № 3955). Hujjat 2027-yil 18-yanvardan kuchga kiradi.

Shu sanadan e’tiboran «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi san’atkorlar hamda konsert tashkilotchilari faoliyatini maxsus balli tizim bo‘yicha avtomatik tarzda baholab boradi.

Qaysi holatlar uchun xavf ballari beriladi

Nizomga ilova qilingan ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi qoidabuzarliklar uchun tizim avtomatik ravishda ballar ajratadi:

  • 15 ball: artistning odob-ahloq va sahna madaniyati qoidalariga zid, tomoshabinlarning hissiyotlarini haqoratlaydigan, bexayolikni targ‘ib qiluvchi yoki ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlari, qo‘shiqlari va videokliplari uchun.

  • 15 ball: litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirganlik uchun (O‘zbekistonda yoki xorijda).

  • 15 ball: konsert-tomosha faoliyatida u yoki bu dinni targ‘ib qilganlik uchun.

  • 15 ball: I, II va III reyting guruhlari uchun belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etmaganlik uchun.

  • 10 ball: aholiga shartnomasiz konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun.

  • 10 ball: mualliflik va turdosh huquqlarga rioya etilishini ta’minlaydigan shartnomalarsiz konsert o‘tkazganlik uchun.

  • 10 ball: xorijda konsert tadbirlari o‘tkazilishi haqida «O‘zbekkonsert» hududiy bo‘linmalarini ogohlantirmaganlik uchun.

  • 10 ball: o‘tkazilgan konsertlar haqida choraklik hisobotlarni topshirmaganlik uchun.

Xavf toifalari va tekshiruvlar

Tizim ballar yig‘indisiga qarab tadbirkorlarni avtomatik ravishda uchta toifaga ajratadi:

  • Past xavf (61 ballgacha): ushbu toifadagi subyektlarda tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

  • O‘rtacha xavf (61–81 ball): belgilangan tartibda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar o‘tkaziladi.

  • Yuqori xavf (81–100 ball): to‘liq nazorat tekshiruvlari tayinlanadi.

Xavfni tahlil qilish ma’muriy ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalar asosida san’atkorlar faoliyatiga bevosita aralashmagan holda amalga oshiriladi. Tahlil davomida tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi, baholash natijalari ustidan esa yuqori organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.