So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Afg‘onistonda amaldorlarga smartfondan foydalanish taqiqlandi

Afg‘onistonda amaldorlarga smartfondan foydalanish taqiqlandi

“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda amaldor va harakat a’zolariga smartfon ishlatishni taqiqladi. Nazorat harbiy sudlarga topshirildi.

Mazkur hujjat talablariga ko‘ra, o‘rnatilgan taqiqni buzgan har qanday amaldor harbiy sud qarshisida javob berishiga to‘g‘ri keladi, biroq qonunbuzarlarga nisbatan aynan qanday jazo choralari qo‘llanilishi hozircha ochiqlanmagan.

Davlat idoralari xodimlari o‘rtasida ushbu cheklovning ijrosini so‘zsiz ta’minlash va qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasi harbiy sudlar xodimlariga yuklatildi. Mutasaddilar tomonidan nazorat ostiga olinishi kerak bo‘lgan barcha shaxslarning ism-shariflari, egallab turgan lavozimlari, xizmat joylari, shuningdek, aloqa operatorlari va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus maxfiy ro‘yxatlar shakllantirib bo‘lingan.

Davlat sektoridagi ushbu yangi tartib mamlakatda zamonaviy aloqa vositalaridan voz kechish borasidagi keng ko‘lamli cheklovlarning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Bundan bir necha kun muqaddam Afg‘onistondagi barcha maktablar va diniy madrasalarda ham smartfonlardan foydalanish rasman taqiqlangan edi.