O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyat

Afg‘onistonda qizlarning sukuti nikohga rozilik belgisi sifatida qabul qilinadigan tartib joriy etildi

Afg‘onistonda qizlarning sukuti nikohga rozilik belgisi sifatida qabul qilinadigan tartib joriy etildi

Afg‘onistonda yangi qonun qabul qilindi unga ko‘ra qiz bolaning sukut saqlashi nikohga rozilik belgisi sifatida baholanishi belgilandi.

Firstpost nashrining xabar berishicha, yangi qonunchilik me’yorlariga ko‘ra, voyaga yetgan va muqaddam turmushga chiqmagan qiz bolaning sukunati nikoh shartnomasini tuzish uchun rozilik alomati deb baholanadi. Ya’ni, qiz bola o‘z noroziligini ochiq va aniq tarzda bildirmasa, u sukut saqlash orqali oila qurishga rozi bo‘lgan hisoblanadi. Shuning bilan birga, ushbu qoida erkaklar yoki muqaddam turmush qurgan ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi — ularning sukunati rozilik belgisi sifatida baholanishi mumkin emas.

Yangi tartib otalar va bobolarga voyaga yetmagan farzandlari hamda nevaralarini erta nikohdan o‘tkazish bo‘yicha keng huquqlar beradi. Qiz bola kelajakda ulg‘aygach, bunday majburiy nikohni bekor qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin, biroq bu jarayon faqat sud organlarining maxsus ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, agar nikoh otasi yoki bobosidan tashqari boshqa qarindoshlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa ham, tomonlarning ijtimoiy kelib chiqishi va mahr miqdori mos kelgan taqdirda, bunday shartnoma qonuniy kuchga ega deb topiladi. Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgustida hokimiyat almashgandan buyon mamlakatda ayollar huquqlari, xususan, qizlarning 6-sinfdan keyingi ta’limi, universitetlarda o‘qishi va jamoat ishlarida ishtirok etishi borasidagi cheklovlar muntazam ravishda kuchaytirib kelinmoqda.