Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

O‘zbekistonda 2,5 mingga yaqin dorixona dori narxini oshirgani aniqlandi

O‘zbekistonda 2,5 mingga yaqin dorixona dori narxini oshirgani aniqlandi

O‘zbekistonda narxni oshirgan 2,5 ming dorixonadan 21,1 mlrd so‘m qaytarildi. 2026-yil martdan soliq idoralari qimmat dorilar hisob-fakturasini avtomat bloklamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan dorilar qiymatini nazorat qilish va xaridorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida raqamli tizim yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu raqamli mexanizm chakana hamda ulgurji farmatsevtika bozorida dori-darmonlar narxining asossiz oshirilishi holatlarini inson omilisiz, mutlaqo avtomatlashtirilgan tartibda aniqlab kelmoqda.

Raqobat qo‘mitasining tashabbusi bilan 2026-yilning mart oyidan boshlab dori vositalarining refrerent narxlarini nazorat qilish tizimi yanada takomillashtirildi. Xususan, ulgurji savdoda dori vositalari belgilangan referent narxlaridan yuqori qiymatda sotilgan taqdirda, soliq idoralari tomonidan hisob-fakturalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni avtomatik ravishda to‘xtatish (validatsiya) amaliyoti joriy etildi. Mazkur chora ulgurji savdodagi sun’iy narx o‘sishining oldini oladi va respublikadagi 12,5 mingdan ortiq chakana dorixonalarda dori vositalarining belgilangan narxlardan qimmat sotilishiga to‘sqinlik qilami.

Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida qariyb 2,5 mingta dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda dorilarning cheklangan ustamasi 10 foizdan 3 barovargacha oshirilgani fosh etildi. Buning oqibatida iste’molchilardan asossiz ravishda 21,1 milliard so‘m mablag‘ ortiqcha olingani aniqlanib, ushbu pullarni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan, birgina 2026-yilning birinchi choragida 190 dan ziyod dorixonada 110,5 mingga yaqin holat aniqlanib, xaridorlardan ortiqcha olingan 1,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarish choralari ko‘rilgan. Rasmiylar fuqarolarga dori sotib olishda ruxsat etilgan narxlarni maxsus reyestr orqali tekshirishni va qonunbuzarliklar aniqlanganda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining 1159 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishni eslatib o‘tadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish