O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

O‘zbekiston soliq ma’murchiligi bo‘yicha xalqaro reytingda yetakchi bo‘lishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston soliq ma’murchiligi bo‘yicha xalqaro reytingda yetakchi bo‘lishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2030-yilgacha Jahon bankining Business Ready reytingida soliq bo‘yicha yetakchi bo‘lishni maqsad qildi. Prezident farmoni imzolandi.

O‘zbekiston 2030-yilga qadar Jahon bankining «Business Ready» reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilishni maqsad qilgan. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi farmonda soliq tizimini tubdan modernizatsiya qilishga oid qator vazifalar belgilab berildi. Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro reyting nafaqat amaldagi soliq yukini, balki raqamli xizmatlarning rivojlanganligi hamda fiskal siyosatning ochiqligini ham baholaydi. Mazkur reytingning 2025-yilgi hisobotida O‘zbekiston imkoniyati bo‘lgan 100 balldan 70,67 ball to‘plashga erishgan edi.

Belgilangan maqsadga erishish uchun mamlakatda tadbirkorlarning soliq tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi yondashuvlar joriy etiladi. Xususan, joriy yilning iyul oyidan boshlab tekshiruvoldi tahlillar davomida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha soliq hisobotlari va hujjatlarni majburiy taqdim etish tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, soliq xavfi o‘rtacha bo‘lgan korxonalar qonunbuzarliklar haqida oldindan ogohlantiriladi va agar tadbirkor kamchiliklarni bir oy muddatda bartaraf etsa, unga nisbatan soliq tekshiruvlari tayinlanmaydi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan biznes subyektlariga dastlabki olti oy davomida «Soliq-servis» orqali hisobotlarni mutlaqo bepul jo‘natish imkoniyati beriladi.