So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Soliq idoralari faoliyatini aholi va tadbirkorlar tomonidan baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Soliq idoralari faoliyatini aholi va tadbirkorlar tomonidan baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

1-avgustgacha soliq idoralarini baholash indeksi ishga tushadi. 2027-yildan ipoteka bo‘yicha soliq imtiyozlari proaktiv tarzda qo‘llanadi va ortiqcha to‘lov 10 kunda qaytariladi.

Davlat rahbarining soliq ma’murchiligini takomillashtirishga oid yangi farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1-avgustiga qadar maxsus baholash tizimi ishga tushiriladi. Ushbu indeks orqali soliq to‘lovchilar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi, majburiyatlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqt hamda inspeksiya xodimlarining muloqot darajasini mustaqil baholash imkoniga ega bo‘ladi.

Hujjat bilan tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun qator yengilliklar belgilandi. Xususan, 1-iyuldan boshlab yangi ish boshlagan tadbirkorlik subyektlariga dastlabki yarim yil davomida moliyaviy va soliq hisobotlarini «Soliq-servis» korxonasi orqali bepul jo‘natish huquqi beriladi. Shuningdek, shu sanadan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan bozorlar hamda savdo majmualari hududidagi barcha turdagi reyksiz joylar va ko‘chmas mulklar faqat «E-auksion» platformasi orqali ijaraga beriladi.

2027-yil 1-janvardan boshlab esa soliq hisobotlarini avtomatlashtirilgan (proaktiv) tarzda shakllantirish ko‘lami kengaytiriladi. Bu tartib yakuniy iste’molchiga sotiladigan neft-gaz mahsulotlari aksizi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish solig‘i hamda qishloq xo‘jaligi yerlari uchun suv solig‘iga nisbatan tatbiq etiladi. Agrar yerlar bo‘yicha soliq idoralararo ma’lumotlar asosida hisoblanib, dehqonlardan hisobot topshirish talab qilinmaydi. Fuqarolarning ipoteka kreditlarini qaytarishga yo‘naltirilgan daromadlaridan olinadigan soliq imtiyozlari ham elektron tizim orqali avtomatlashtirilgan holda qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan mablag‘lar ariza kelib tushgach, 10 ish kuni ichida qaytariladi.