So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Epstein uy qamog‘ida o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi

Epstein uy qamog‘ida o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik qiz milliarder Jeffrey Epstein uni uy qamog‘ida bo‘lganida ham zo‘rlaganini aytdi. AQSH Kongressida qurbonlar eshitildi.

Rozaning yig‘lab bergan guvohligiga ko‘ra, u 2008-yilda 18 yoshida o‘z vatanida Epsteinning yaqin hamkori — taniqli model agenti Jean-Luc Brunel bilan tanishgan. Og‘ir moddiy sharoitda yashayotgan va moliyaviy muammolarga duch kelgan qizga dunyo miqyosidagi yirik modellik karyerasi va’da qilingan va u aldov yo‘li bilan tuzoqqa tushirilgan. 2009-yilning may oyiga kelib u viza orqali Nyu-Yorkka olib kelingan, iyul oyida esa Brunel uni Epsteinning Palm-Bichdagi hashamatli uyiga boshlab borgan.

O‘sha davrda Jeffrey Epstein voyaga yetmaganlarni fohishalikka jalb qilgani uchun rasman jinsiy jinoyatchi sifatida ro‘yxatga olingan va uy qamog‘ida jazo o‘tayotgan edi. Biroq sud qaroridagi shubhali kelishuvga ko‘ra, unga haftasiga olti kun, kuniga 16 soatgacha o‘zining ilmiy fondida ishlash bahonasi bilan qamoqni tark etishga ruxsat berilgan edi. Roza aynan shu fondga ishga joylashtirilgan. Qizning aytishicha, kunlarning birida Epsteinning massajchisi uni milliarderning xonasiga chaqirgan va u yerda birinchi marta jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Shundan so‘ng keyingi uch yil davomida u muntazam ravishda zo‘rlab kelingan.

Demokrat kongressmenlarning ta’kidlashicha, ushbu guvohliklar o‘sha paytdagi AQSH adliya tizimi va rasmiylari Epstein bilan shubhali kelishuvga borib, uning jinoyatlariga ko‘z yumganini va oqibatda u yana bir o‘n yil davomida odam savdosi hamda zo‘ravonlik bilan bemalol shug‘ullanishda davom etganini yaqqol isbotlaydi. Ma’lumot uchun, yirik moliyachi Jeffrey Epstein 2019-yilning avgust oyida Nyu-York qamoqxonasida navbatdagi sud jarayonini kutayotgan vaqtda o‘lik holda topilgan edi.