Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Rossiyada Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u xalqaro qidiruvga berildi

Rossiyada Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u xalqaro qidiruvga berildi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Telegram asoschisi Pavel Durovni terrorizmga ko‘maklashishda aybladi va xalqaro qidiruvga berdi. Durov ushbu ayblovlarni so‘z erkinligini cheklash uchun bahona deb atadi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga nisbatan terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish (RF Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi) ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini hamda u xalqaro qidiruvga berilganini ma’lum qildi.

Maxsus xizmat bergan bayonotga ko‘ra, messenjer administratsiyasi Rossiya hududida sodir etilayotgan qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalanilayotgan kanal, guruh va botlarni o‘chirishdan bosh tortgan. Tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yildan buyon ushbu platforma orqali 153 mingdan ortiq turli jinoyatlar, jumladan 33 mingta ekstremistik va terrorchilik yo‘nalishidagi huquqbuzarliklar sodir etilgan.

Pavel Durovning o‘zi mazkur ayblovlarni rad etib, tergov jarayonini fosh etuvchi va xolis axborot tarqalishining oldini olish hamda yozishmalar maxfiyligini yo‘qotishga qaratilgan siyosiy bosim deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, ushbu holat davlat organlarining so‘z erkinligi va fuqarolarning shaxsiy daxlsizlik huquqlariga qarshi navbatdagi harakatidir.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish