Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Yaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Yaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Binolar qulab tushgani va yong‘inlar chiqqani xabar qilinmoqda, sohilbo‘yi hududlarida sunami xavfi e’lon qilindi.

28-iyul kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida joylashgan Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 16:35 da, 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Zilziladan taxminan 30 daqiqa o‘tib 5 ballgacha bo‘lgan aftershok kuzatilgan. NHK telekanali zilzila epimarkazi yaqinida bir nechta binolar qulagani va Uki shahrida yirik yong‘inlar kelib chiqqanini ma’lum qildi. Kyodo agentligi hodisa oqibatida bir necha kishi jarohat olganini bildirdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi Ariake va Yatsushiro dengizlari qirg‘oq hududlari uchun balandligi 1 metr atrofida bo‘lgan sunami xavfini e’lon qildi va aholiga sohilga yaqinlashmaslikni tavsiya etdi. Dastlabki to‘lqinlar allaqachon qirg‘oqqa yetib kelgan. Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Minoru Kihara mamlakatdagi atom elektr stansiyalarida, jumladan, Kagosima prefekturasidagi «Senday» AESda hech qanday nosozliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Zilzila kuchi qo‘shni Nagasaki, Kagosima, Fukuoka, Saga va Miyadzaki prefekturalarida ham sezilgan. Kyushu Electric kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Kumamoto prefekturasida 48 ming 300 ta xonadon elektr energiyasiz qolgan. Bosh vazir Sanae Takaichi aholini takroriy va kuchliroq tebranishlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish