So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Wildberries dron hujumlari sababli Qozog‘istondan omborxona izlamoqda

Wildberries dron hujumlari sababli Qozog‘istondan omborxona izlamoqda

Ukrainaning logistika markazlariga uyushtirgan dron hujumlari fonida Rossiyaning Wildberries marketpleysi Qozog‘istondan 100 ming kv.m maydonga ega omborxona qidirmoqda. Kompaniya zararni 180 mlrd rubldan ortiqqa baholamoqda.

Hozirda kompaniya Qozog‘istonda kamida 100 ming kvadrat metr maydonni ijaraga olishni rejalashtirmoqda, hatto bozor dagi barcha bo‘sh obyektlarni egallashga ham tayyor. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakatda bunday hajmdagi yaxlit logistika blokini topish mushkul: 2026-yil iyun oxiriga ko‘ra, Qozog‘istonning turli shaharlarida jami 130 ming kv.m bo‘sh maydon mavjud bo‘lib, ularning o‘rtacha yillik ijarasi kvadrat metri uchun 130 dollarni tashkil etadi. Kompaniya, shuningdek, Olmaotada (100 ming kv.m) va Ostonada (160 ming kv.m) o‘zining yangi logistika markazlarini qurish ishlarini ham davom ettirmoqda.

Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga 18-iyuldan boshlab Moskva viloyatidagi Elektrostal (250 ming kv.m), Krasnodar, Kotovsk, Nevinnomissk hamda Sankt-Peterburg va Ryazandagi WB majmualariga qilingan ommaviy dron hujumlari sabab bo‘ldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu zarbalarni omborlarda harbiy texnikalar va dronlar uchun ehtiyot qismlar saqlangani bilan izohladi.

Hujumlar oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar kamida 180 milliard rublga baholanmoqda. Rossiyada sug‘urta kompaniyalari dron zarbalarini qoplamagani hamda ombor egalari xavf sababli yangi shartnomalar tuzishdan bosh tortgani uchun marketpleys xalqaro infratuzilmani kengaytirishga majbur bo‘lmoqda. Kompaniya rahbari Tatyana Kim ofertaga ko‘ra marketpleys javobgarlikdan ozod etilganiga qaramay, zarar ko‘rgan sotuvchilarga kompensatsiya to‘lanishini ma’lum qildi.