Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Toshkentda YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Toshkentda Onix va YPX motosikllari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH qurbonlari soni 2 kishiga yetdi. Og‘ir tan jarohati olgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Toshkent shahrining Do‘rmon yo‘li ko‘chasida Onix avtomobili hamda YPX inspektorlarining patrul motosikllari ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 2 nafarga yetdi. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan Onix haydovchisi 27-iyul kuni shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, YTH 2026-yilning 16-iyul kuni soat 18:30 larda sodir bo‘lgan edi. Do‘rmon yo‘li ko‘chasi bo‘ylab patrullik motosikllarida harakatlanib ketayotgan 3 nafar YPX xodimi G‘azalkent ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida bir nafar YPX inspektori olgan jarohatlari sababli voqea joyida halok bo‘lgan edi.

Tibbiyot muassasasi axborotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng markazga jami 4 kishi — 3 nafar patrul-post xizmati xodimi va Onix haydovchisi olib kelingan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalardan so‘ng qolgan uch nafar jabrlanuvchining salomatligi yaxshilangan va ular umumiy bo‘limga otkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu YTH kortej kuzatuvi vaqtida yuz bergani haqida tarqalgan xabarlarni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mutlaqo asossiz deb rad etdi. Hozirda holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida O‘zbekistonda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jami 18 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi halok bo‘lgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish