Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya hukumati ichki bozordagi yonilg‘i inqirozi va taqchillik sababli benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Chetga yonilg‘i sotishni cheklash qarori ishlab chiqaruvchi zavodlarga ham taalluqli bo‘ladi.

Rossiya hukumati mamlakatdan benzin eksport qilishga kiritilgan taqiqni 2026-yilning oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakka tayanib «Interfaks» xabar bermoqda.

Hukumat shtabi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, ushbu cheklov benzin ishlab chiqaruvchi neftni qayta ishlash zavodlari uchun ham, uni ishlab chiqarmaydigan yoqilg‘i kompaniyalari uchun ham birdek amal qiladi. Dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiq esa ichki bozor to‘liq ta’minlanishi va barqarorlashuviga qarab bosqichma-bosqich bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Rossiyada logistika tizimidagi uzilishlar va harbiylashtirilgan mojarolar doirasida neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar ortidan jiddiy yonilg‘i inqirozi yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida hukumat dastlab 2026-yil 1-apreldan benzin, 8-iyuldan esa dizel eksportini vaqtincha cheklagan edi. 31-iyulda yakunlanishi kerak bo‘lgan benzin taqiqi endilikda yil oxirigacha uzaytirildi.

Ichki bozordagi taqchillikni yopish maqsadida Rossiya Qozog‘istondan 50 ming tonna Ai-92 markali benzin sotib olish hamda Hindistondan dengiz yo‘li orqali yoqilg‘i import qilishni boshlagan. Yoqilg‘i tanqisligi Rossiyaning 64 dan ortiq hududini va bilvosita Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham qamrab olmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish