So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish rejalashtirilmoqda

B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda tegishli til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishning huquqiy mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qaroriga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, biroq kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Amaldagi tartibda o‘qituvchilar uchun B2 daraja talabi belgilangan bo‘lishiga qaramay, sertifikatga ega bo‘lmagan xodimlarni ishdan bo‘shatish yoki faoliyatdan chetlashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy asos mavjud emas edi. Shu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yil 13-yanvarda xodimlarning malaka tavsiflariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha 9-sonli buyruqni imzolagan. Hukumat qarori loyihasi muhokamasi 12-avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, pedagoglardan B2 sertifikatini talab qilish amaliyoti dastlab 2025/2026-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan edi. Biroq ta’lim xodimlari kasaba uyushmalari hamda o‘qituvchilarning murojaatlari inobatga olinib, vazirlik ushbu muddatni bir necha bor uzaytirdi — avval 2025-yil yakuniga qadar, so‘ngra 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar imkoniyat berildi.