Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qildi. Regulyator inflyatsiya darajasi va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognozlarni e’lon qildi.

Ta’kidlash joizki, regulyator iyunning o‘rtasida o‘tkazilgan avvalgi yig‘ilishda ham stavkani aynan ushbu darajada saqlab qolgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning iyun oyida mamlakatda umumiy yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 6,4 foizgayetdi, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida barqaror saqlanib qoldi. Iyun oyida yoqilg‘i-energetika resurslari hamda toshko‘mir narxlarining ko‘tarilishi umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli tezlashishiga olib keldi. Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi sekinlashayotgan bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatish sohasida narxlar o‘sishi davom etmoqda.

Regulyator joriy yil yakunida umumiy inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishini, iqtisodiy o‘sish sur’ati (YIM) esa 7,5–8 foiz darajasida shakllanishini prognoz qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish, turizm, chakana savdo hamda investitsiyalar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi iqtisodiyotda yalpi talab barqarorligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi oylarda davlat byudjeti xarajatlarining faollashishi kelgusi choraklarda ham iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Markaziy bankining ma’lum qilishicha, amaldagi pul-kredit siyosati kelgusida inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli (target) darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholining real xarid qobiliyatini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib qoladi.