Sun’iy intellekt xatosi sabab AQSH harbiylari Xitoy kemasiga hujum qilishiga bir baxya qoldiDunyoToshkentda abituriyentlar o‘rniga SAT topshirgan talabalar «bunkeri» fosh etildiJamiyatToshkent — Nukus yo‘nalishida tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatdam olish kunlari harorat +37 darajagacha ko‘tariladi va chang-to‘zon kuzatiladiJamiyatPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiJamiyatShohruh Nosirov Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. etib tayinlandiJamiyatO‘zbekiston 1500 km masofaga ucha oladigan kamikadze dronini ishlab chiqdiJamiyatBMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan Kallibek Kamalov xonadonida bo‘ldiJamiyatYangi xalqaro aeroport qurilishi sabab Toshkent viloyatidagi yettita qabriston ko‘chiriladiJamiyat

Qirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini sotib olmoqchi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini sotib olmoqchi

O‘zbekiston import qilingan xom neftni o‘zining neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlagandan so‘ng, Qirg‘izistonga oyiga 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini yetkazib berishi kutilmoqda. Ushbu ma’lumotni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Adilbek Kasimaliyevga tayanib «24.kg» nashri xabar qildi.

Kasimaliyevning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonda benzin va dizel yonilg‘isi narxi kelgusida bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bugungi kunda mamlakat foydalanayotgan yonilg‘i-moylash materiallarining 90 foizdan ortig‘i xorijdan import qilinadi. Shu sababli, Qirg‘izistonning ichki bozoridagi narxlar bevosita tashqi bozor narxlariga, geosiyosiy vaziyatga hamda mahsulotni tashish xarajatlariga va logistikaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Hukumat vakili hozircha narxlar ushlab turilganini, ammo ular baribir asta-sekin ko‘tarilishini ochiq ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda Rossiyadan neft va yonilg‘i yetkazib berish jarayoni avvalgi davrlarga qaraganda ancha murakkablashgan. Shu bois Qirg‘iziston hukumati bir nechta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda hamda ta’minotning muqobil yo‘llarini izlashga majbur bo‘lmoqda. Masalan, hozirda Belarusdan yonilg‘i keltirilayotgan bo‘lsa, Xitoydan ham dastlabki sinov partiyasi — beshta avtosisterna yonilg‘i olib kelindi. Biroq yonilg‘ini avtomobillarda tashish o‘ta qimmatga tushishi sababli, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi mahsulotni temiryo‘l orqali tashish imkoniyatlarini faol muhokama qilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan ham yonilg‘i yetkazib berish bo‘yicha samarali muzokaralar o‘tkazilmoqda. Kasimaliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni o‘z zavodlarida import neftni qayta ishlash va natijada hosil bo‘lgan 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini har oy Qirg‘izistonga yetkazib berishga tayyorligini bildirgan. Yonilg‘i import qilish imkoniyatlari Turkiy va Yevropa davlatlari bilan ham ko‘rib chiqilmoqda, ammo bu yoYo‘nalishlar Kaspiy dengizi va bir nechta davlatlar hududlari orqali murakkab tranzitni talab etadi, bu esa yakuniy yonilg‘i narxining oshishiga olib keladi.

Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari davlat hozirda dizel yonilg‘isi, suyultirilgan gaz va Ai-92 markali benzin narxlarini byudjetdan subsidiyalab kelayotganini ma’lum qildi. Aynan ushbu subsidiyalar eVOzi evaziga Qirg‘izistonda ushbu yonilg‘i turlari qo‘shni O‘zbekiston va Tojikistonga qaraganda taxminan 20–25 somga (0,23–0,29 dollar) arzonroq sotilmoqda. Biroq narxlarning o‘sishini davlat byudjetidan doimiy ravishda qoplab borishning imkoni yo‘q, chunki bu milliardlab som miqdoridagi mablag‘larni talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida Qirg‘iziston hukumati mamlakat hududidan neft va neft mahsulotlarini har qanday shaklda olib chiqib ketishni (eksportni) butunlay taqiqlab qo‘ygan edi. Shu bilan birga, yonilg‘ini mamlakatga import qilish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Ilgari eksport taqiqi faqat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bojxona hududidan tashqariga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu cheklov barcha yo‘nalishlar va davlatlar uchun birdek amal qilmoqda.