O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqda

O‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqda

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki iyul oyida 1 tonna oltin sotdi. Shunga qaramay, mamlakat yil boshidan beri 40 tonna oltin xarid qilib, dunyoda 3-o‘rinni egallab turibdi.

Jahon oltin kengashi (WGC) e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yilning iyul oyida 1 tonna oltin sotgan. Shunga qaramay, mamlakat ushbu qimmatbaho metalni sotib olish bo‘yicha dunyo markaziy banklari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallashda davom etmoqda.

Yilning dastlabki yetti oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning sof oltin xaridi 40 tonnani tashkil etib, respublika dunyo bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu borada O‘zbekiston faqat Xitoy (60 tonna) va Polshadan (90 tonna) ortda qolmoqda. Taqqoslash uchun, Turkiya yil boshidan beri 85 tonna, Rossiya esa 50 tonna oltin sotib, eng yirik sotuvchilarga aylangan.

Oltin zaxiralari O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining asosiy qismini tashkil etadi. WGC baholashicha, qimmatbaho metal ulushi mamlakat umumiy zaxiralarining 87 foiziga to‘g‘ri keladi va uning fizik hajmi taxminan 431 tonnani tashkil etadi. Markaziy bankning 1-avgust holatidagi rasmiy ma’lumotlari ham ushbu raqamlarni tasdiqlaydi: 430,8 tonna oltin zaxirasi $56,12 mlrd dollarga baholangan bo‘lib, mamlakatning umumiy xalqaro zaxiralari $64,34 mlrd dollarga yetgan.

Shuningdek, yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston $2,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga kamroqdir. Markaziy bank raisi Timur Ishmetov zaxiralarni boshqarish strategiyasi doirasida oltinni «maqbul va manfaatli narxlarda» sotish amaliyoti davom ettirilishini ta’kidlagan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish