MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Sun’iy intellekt xatosi sabab AQSH harbiylari Xitoy kemasiga hujum qilishiga bir baxya qoldi

Sun’iy intellekt xatosi sabab AQSH harbiylari Xitoy kemasiga hujum qilishiga bir baxya qoldi

AQSH razvedka tahlilchisi ishlatgan chatbot Xitoy kemasi Eron uchun yadroviy qurol tashiyotgani haqida xato xulosa berdi. Harbiylar operatsiyani so‘nggi daqiqada to‘xtatdi.

CNN manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSH harbiy razvedka tahlilchisi chatbot yordamida Xitoy kemasining yuk hujjatlarini tahlil qilgan. Sun’iy intellekt ochiq va maxfiy ma’lumotlarni bir-biriga qo‘shib yuborib, kema Eronning yadroviy dasturi uchun qismlar tashimoqda degan noto‘g‘ri xulosaga kelgan. Soxta hisobotni olgan AQSH harbiylari zudlik bilan harakat rejasini tuzgan: kemaga bostirib kirish uchun harbiylar shaylanib, harbiy samolyotlar havoga ko‘tarilgan.

Tergov va qurolli to‘qnashuv xavfi Harbiy operatsiya boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida mas’ul shaxslar hisobotni qayta tekshirishga qaror qilgan. Shunda hujjat chatbot yordamida tayyorlangani va u yuk tarkibini butunlay noto‘g‘ri talqin qilgani oshkor bo‘lgan. CNN manbalaridan biri ushbu hisobotni «butunlay yolg‘on va deyarli urush boshlanishiga sabab bo‘ladigan» hujjat deb atadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xitoy kemasiga qarshi har qanday harbiy harakat ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvni keltirib chiqarishi mumkin edi. Shunga qaramay, Vashington harbiy va razvedka tizimlarida nishonlarni aniqlash va ma’lumotlarni qayta ishlashda AI texnologiyalarini joriy etishni davom ettirmoqda.

Pentagon shartnomalari va sun’iy intellekt atrofidagi nizolar AQSH Mudofaa vazirligi so‘nggi yillarda harbiy sohada sun’iy intellektdan foydalanishni keskin kengaytirmoqda. O‘tgan yili Pentagon Ilon Maskning xAI kompaniyasi bilan $200 mln dollarlik shartnoma imzoladi, shuningdek OpenAI va Anthropic bilan ham kelishuvlarga erishdi. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Eron hududiga yirik havo zarbalarini rejalashtirishda Anthropic texnologiyalaridan foydalangan. Keyinchalik Pentagon va Anthropic o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi: kompaniya rahbari Dario Amodei AI texnologiyalari inson nazoratisiz avtonom qurollar yoki kuzatuv uchun ishlatilmasligi bo‘yicha rasmiy kafolat talab qildi.