MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

BMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldi

BMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldi

Toshkentda BMW avtomobilida YPX xodimi Hosilbek Eshnazarovni urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga sud hukmi o‘qildi. U 2 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi («O‘limga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bo‘yicha aybdor deb topildi hamda unga 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Hukmni chiqarishda sudlanuvchining voyaga yetmagani inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 85-moddasi me’yorlari qo‘llandi.

Mudhish hodisa tafsilotlari

Fojiali YTH Toshkent shahri hududida sodir bo‘lgan edi. BMW M4 rusumli avtomobilni boshqargan voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov xizmat burchini o‘tayotgan YPX xodimi Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgan.

Olingan og‘ir tan jarohatlari oqibatida huquq-tartibot xodimi shifoxonada vafot etdi. Ichki ishlar organlarida 2022-yildan beri xizmat qilib kelgan marhum xodimning ortidan ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi qoldi.