O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladi

Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda elektrotexnika sanoati korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari 2030-yilgacha uzaytiriladi. Kamida $50 mln sarmoya kiritgan brendlarga tayyor binolar beriladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda kreditlar bo‘yicha eksport shartnomalari hamda sug‘urta polislari kabi boshqa ta’minot turlarini qabul qilish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, investitsiya loyihalariga milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kredit foizlarining bir qismi uch yil davomida davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kamida 50 million dollar sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brend kompaniyalarga alohida soliq imtiyozlari taqdim etilib, infratuzilmaga ega tayyor binolar taklif etiladi.

Eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida xorijiy bozorlarda savdo omborlari tashkil etish, mahsulotlarni sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarini yengillashtirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Iroq bozorlariga kompleks texnologik yechimlar eksportini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tarmoqda innovatsiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish uchun To‘rtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini tashkil etish taklif qilindi. Ushbu markaz yangi mahsulotlarni raqamli modellashtirish, sinovdan o‘tkazish, mahalliylashtirish, prototiplar tayyorlash va korxonalarga injiniring xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish