Toshkentda xalqaro yarim marafon sababli 12 ta markaziy ko‘chada harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi va harorat pasayadiJamiyatO‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd valyuta cheklovi 10 ming dollargacha oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda Islom Karimov vafotining 10 yilligi munosabati bilan xotira marosimlari o‘tkazildiSiyosatTailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni 15-julyadan emas, 15-sentabrdan bekor qiladiJamiyatO‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkalari 30% dan 20% gacha pasaytiriladiJamiyatO‘zbekistonda IELTS imtihonini topshirish narxi oshdi: tafsilotlar, o‘zgarishlar va sabablarJamiyatJizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi og‘ir YTHga uchradi: u reanimatsiyadaJamiyatAndijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik fosh etildi: 7 nafar xodim ishdan olindiJamiyat

O‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish natijalari hamda oktyabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish rejalari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni milliy statistika tizimini isloh qilish va iqtisodiy hisobni to‘liq yo‘lga qo‘yishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi hamda qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish yakunlari ko‘rib chiqildi va tijorat sub’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tashabbusi ma’qullandi.

Yashirin iqtisodiyot ko‘lami va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish

Bugungi kunda mamlakatda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 23 foizni yoki 246 trillion so‘mni tashkil etmoqda, qishloq xo‘jaligida esa bu ko‘rsatkich 60 foizga yetadi. Band bo‘lgan 15,2 million aholining 42 foizi (6,5 million kishi) daromadlari rasmiy statistikada to‘liq aks etmaydi. Amalga oshirilayotgan savdo va xizmatlar aylanmasining har 4-5 so‘midan biri hisobdan tashqarida qolmoqda.

Ushbu muammoni hal etish uchun hukumat muhim qaror qabul qildi:

  • Biznes ro‘yxati muddatlari: 2026-yilning 15-oktyabridan 30-noyabriga qadar respublikadagi barcha amaldagi iqtisodiy sub’ektlar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi.

  • Tadbirlar maqsadi: Faoliyat ko‘rsatmayotgan va rasman yopilmagan korxonalar holati aniqlanadi, korxonalar reyestri yangilanadi hamda halol tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoiti yaratiladi. Bu orqali Byudjetga o‘nlab trillion so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlanib, soliq yukini kamaytirish imkoni tug‘iladi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari

Taqdimotda joriy yilda o‘tkazilgan kompleks statistik tadbirlarning dastlabki rakamlari ham ochiqlandi.

  • Aholi soni: O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 million 47 ming kishini tashkil etdi. Xatlov davomida hisobda bo‘lmagan 810,6 ming kishining ijtimoiy maqomi aniqlandi. Zangiota va Toshkent tumanida aholi soni avvalgi ko‘rsatkichdan 1,6 baravar yuqori chiqqan bo‘lsa, Andijon shahrida 15,8 foizga kamligi ma’lum bo‘ldi.

  • Qishloq xo‘jaligi va tejamkorlik: 985,5 ming gektar ilgari hisobda bo‘lmagan yerlar (shundan 789,5 ming ga ekin yerlari) aniqlandi. Raqamlashtirish evaziga ro‘yxatga olish xarajatlari bir kishiga 1,5 bin so‘mdan oshmadi (MDH mamlakatlaridan 15 barobar arzon), jarayon 15 kunda yakunlanib, O‘zbekiston tezkorlik bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egalladi.