Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Qirg‘iziston O‘zbekistonning 28 tonna sabzavot mahsulotini ortiga qaytarib yubordi

Qirg‘iziston O‘zbekistonning 28 tonna sabzavot mahsulotini ortiga qaytarib yubordi

Qirg‘iziston O‘zbekistonning 28 tonna sabzavot mahsulotini ortiga qaytarib yubordi. «Qizil-Qiya avtojolu» nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekistondan olib kelingan 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi markirovkasi yo‘qligi sababli ortiga qaytarildi.

Qirg‘izistondagi «Qizil-Qiya avtojolu» fitosanitariya nazorat postida O‘zbekistondan olib kelingan yirik miqdordagi sabzavot mahsulotlari ortga qaytarildi.

Bu haqda Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida jami 28 tonna mahsulot — 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi solingan qadoqlarda majburiy markirovka yo‘qligi aniqlandi.

«Markirovkasiz karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOIH) yagona karantin fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi. Shu munosabat bilan yuk mahsulot eksport qilingan mamlakatga qaytarib yuborildi», — deyiladi rasmiy xabarda.