O‘zbekistonda elektr energiyasi uzoq vaqt o‘chirilgani uchun kompensatsiya to‘lanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda elektromobillarni tunda quvvatlash narxi keskin oshadiIqtisodiyotQozog‘istonda 14 harbiyning o‘limi bo‘yicha HDK yuqori qo‘mondonligi hibsga olindiDunyoMarko Rubio Samarqanddagi sammitda AQSh biznes-delegatsiyasiga boshchilik qiladiSiyosatO‘zbekistonda pensiyaga chiqishni kechiktirganlar uchun to‘lovlarni oshirish taklif etildiJamiyatNamangan viloyatida qariyb 3 milliard so‘mlik kontrabanda sigaretlari musodara qilindiJamiyatTaftish.uz xodimlari va DXX sobiq xodimlari 10 yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatOqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi 12 ming dollar poraning bir qismini olayotganida ushlandiJamiyatO‘zbekiston Prezidenti Kaspiydagi mashg‘ulotlarda 14 harbiy halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha pasayadiJamiyat

Qashqadaryoda YPX xodimlaridan qochmoqchi bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi ushlandi

Qashqadaryoda YPX xodimlaridan qochmoqchi bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi ushlandi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia-2 haydovchisi YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va patrul mashinasiga urildi. Qoidabuzar qo‘lga olindi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimlarining bir necha bor bergan to‘xtash haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga urindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, YPX inspektorlari hujjatlarni topshirish va tekshirish uchun avtomobilni to‘xtatishga harakat qilgan. Biroq haydovchi talabga rioya etmasdan harakatni davom ettirgan. Keyingi chorrahada boshqa YPX xodimi ham to‘xtash haqida ishora berganiga qaramay, u piyodalar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf tug‘dirgan holda qochishda davom etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida patrul ekipaji qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 yo‘lini to‘sgan. Shunga qaramay, haydovchi YPX mashinasiga borib urilgan va yana qochishga uringan. Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida qoidabuzar ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.