Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Namanganda avtobusda shilqimlik qilgan chol va unga tarvuzdek musht tushirgan qiz sud qilindi

Namanganda avtobusda shilqimlik qilgan chol va unga tarvuzdek musht tushirgan qiz sud qilindi

Namanganda avtobusda 66 yoshli erkak 18 yoshli qizga shilqimlik qildi, qiz esa unga zarba berdi. Sud ikkala fuqaroni ham ma’muriy javobgarlikka tortib, jarima jazosini tayinladi.

Namangan shahrida shahar avtobusida 18 yoshli qiz va 66 yoshli erkak o‘rtasida yuz bergan nizo yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud qaroriga tayanib UzNews.uz xabar berdi.

Hodisa 27-iyul kuni sodir bo‘lgan. Ish materiallariga ko‘ra, 66 yoshli erkak avtobus ichida qizning son qismidan ushlab, unga nisbatan shilqimlik qilgan. Bunga javoban qiz erkakka tarvuzdek musht tushirgan. Oqibatda erkak salomatlikning yomonlashuviga olib kelmagan yengil tan jarohati olgan.

Sud har ikki fuqaroni ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha aybdor deb topdi.

Qizga MJtKning 52-moddasi 2-qismi (Qasddan yengil tan jarohati yetkazish) bilan BHMning 0,5 baravari (206 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Niyatida buzg‘unchilik bo‘lgan erkak esa MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybli deb topilib, unga BHMning 2 baravari (824 ming so‘m) miqdorida jarima solindi.