В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi islohotlarni tasdiqladi. Hujjatga muvofiq, zamonaviy raqamlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etilmoqda

. Yangi yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz aviatsiya komplekslari (dronlar) bilan qurollangan bo‘linmalarning tashkil etilishi harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimining jangovar imkoniyatlarini ikki barobarga oshiradi.

Islohotlar doirasida harbiy tibbiyot sohasida O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik bitimi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, stomatologiya va farmatsevtika kabi 10 ga yaqin yo‘nalishda mutaxassislar tajriba almashadi. Shuningdek, mudofaa tizimida byurokratiyani cheklash maqsadida 16 yoshga to‘lib, ID-karta olgan yigitlar Ichki ishlar vazirligi bazasi orqali mudofaa bo‘limlariga avtomatik ravishda harbiy hisobga qo‘yiladi. Mudofaa bo‘limlarining o‘zida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, bu jarayon to‘liq tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va fuqaro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish choralari kuchaytirildi. Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat qilayotgan harbiylarga uy-joy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshirildi. Mudofaa organlarida faoliyat yuritayotgan fuqaro xodimlarining ish haqi miqdori esa joriy yilning iyul oyidan boshlab 20 foizga, kelgusi yilning yanvaridan esa yana 50 foizga oshirilishi belgilandi.