AQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosatMarko Rubio amerikalik tadbirkorlarga O‘zbekistondan uy sotib olishni taklif qildiIqtisodiyotO‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyatQurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyat

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

O‘zbekiston Prezidenti lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh qilish qonunini imzoladi. Yozuvdagi noqulayliklar barham topadi, amaldagi barcha hujjatlar va pul birligi o‘z kuchida qoladi, darsliklar esa bosqichma-bosqich yangilanadi.

Tarixiy qaror va alifbo islohoti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qonunning 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kunida qabul qilinishi chuqur ramziy ma’noga ega. Mazkur islohot yozuvdagi ko‘p yillik noqulayliklarga barham berish, yoshlar savodxonligini oshirish hamda o‘zbek tilining raqamli makondagi va axborot texnologiyalaridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.

«Bu yillar davomida bahslarga sabab bo‘layotgan va oxiri ko‘rinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bag‘ishlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatish tashabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qo‘yish vaqti kelganini aytgan edim», — deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Bosqichma-bosqich o‘tish tartibi va hujjatlar daxlsizligi

Aholi va biznes vakillari uchun noqulayliklar tug‘dirmaslik hamda davlat byudjeti xarajatlarini minimal darajada ushlab turish maqsadida alifboga o‘tishning bosqichma-bosqich mexanizmi belgilandi:

  • Rasmiy hujjatlar va milliy valyuta: amaldagi barcha fuqarolik hujjatlari, ID-kartalar, sertifikatlar, shuningdek milliy valyuta hamda qimmatli qog‘ozlar o‘z yuridik kuchini to‘liq saqlab qoladi. Ularni majburiy ravishda almashtirish talab etilmaydi.

  • Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari: maktab va OTM darsliklari ularning foydalanish va yaroqlilik muddati tugashiga qarab, rejadagi qayta nashr jarayonida yangi alifboga o‘tkaziladi.

  • Peshlavhalar va ko‘rsatkichlar: bino peshlavhalari, ko‘cha nomlari va axborot ko‘rsatkichlari eskirishi hamda rejalashtirilgan ta’mirlash ishlariga hamohang ravishda bosqichma-bosqich yangilanadi.

Ushbu qonun qabul qilinishi bilan o‘zbek alifbosi atrofidagi ko‘p yillik ilmiy va ijtimoiy bahslarga yakun yasaldi.