Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Tramp AQSh maxsus xizmatlariga NLO va yer tashqarisidagi hayot sirlarini oshkor etishni topshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik maxsus xizmatlar ixtiyoridagi NLO va ehtimoliy yer tashqarisidagi hayotga oid barcha materiallarni maxfiylikdan chiqarish tashabbusini e’lon qildi. Oq uy rahbari bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Muhokamalarning yangi bosqichiga sobiq prezident Barak Obamaning yaqinda bergan izohlari sabab bo‘ldi. O‘tgan hafta oxirida podkastda Obamadan o‘zga sayyoraliklar mavjudligi haqida so‘ralganda, u ularning mavjud bo‘lish ehtimoli borligini, biroq shaxsan o‘zi hech qachon ularga duch kelmaganini aytgan. Ushbu bayonot OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Keyinchalik sobiq prezident Instagram’da o‘z pozitsiyasini aniqlashtirdi. Unga ko‘ra, Koinot miqyosi boshqa tizimlarda hayot paydo bo‘lish ehtimolini yuqori qiladi, biroq yulduzlar orasidagi masofalar nihoyatda katta va o‘zga sayyoraliklarning Yerga tashrif buyurish ehtimoli juda past. “Prezidentlik davrimda men yer tashqarisidagi mavjudotlar bilan aloqaga oid dalillarni ko‘rmaganman”, — deya ta’kidladi Obama.

Qiziqish to‘lqiniga javoban Donald Tramp Truth Social’da AQSh Mudofaa vazirligi va boshqa tegishli idoralarga quyidagilarga oid barcha hujjatlarni aniqlash va e’lon qilish jarayonini boshlashni topshirganini ma’lum qildi:

— yer tashqarisidagi hayot;

— noma’lum havo hodisalari (NLO);

— noma’lum uchuvchi obyektlar;

— mazkur mavzu bilan bog‘liq boshqa har qanday ma’lumotlar.

“Bu masalalar nihoyatda murakkab, ammo o‘ta muhim va qiziqarli. Xudo Amerikani asrasin!” — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Oq uy rahbarining qarori uzoq yillar davomida maxfiy saqlanib, jamiyatda turli taxmin va mish-mishlarga sabab bo‘lgan fenomenlar yuzasidan hukumat arxivlarining keng ko‘lamli e’lon qilinishiga zamin yaratishi mumkin.